1

"Hech kim jonimga qasd qilmadi". Rasul Kusherbaev o`zi haqida tarqalgan sovuq xabardan so`ng izoh berdi

Jamiyat 27.10.2020, 18:25
"Hech kim jonimga qasd qilmadi". Rasul Kusherbaev o`zi haqida tarqalgan sovuq xabardan so`ng izoh berdi

Kecha OAVlarda rossiyalik deputatni o`ldirib ketilgani haqida xabar tarqalgan edi.  O`sha xabarlardan "ilhomlangan" ayrim kanallar Oliy Majlis quyi palatasi deputati Rasul Kusherbaevni o`ldirib ketilganga chiqarishdi.  

 Deputat o`zi haqidagi sovuq xabarlarga quyidagicha munosabat bildirdi:

" -- Bo`layotgan havotirli qo`ng`iroqlarni inobatga olib, men bilan hammasi joyida ekanligi va hech kim jonimga qasd qilmaganligini ma`lum qilmoqchiman.  

Umid qilamanki, bundan keyin ham hech kim bunday qilmaydi.  

Fursatdan foydalanib, asossiz havotirlarning oldini olish maqsadida barcha blogerlardan axborot tayyorlash va tarqatishda axborotning mazmuni, matni va tasvirlari bir biriga mos bo`lishiga e`tibor qaratishlarini so`rab qolardim.  

Noqulaylik va havotirlar uchun uzr so`rayman! ", deydi R.yuKusherbaev.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1