AsosiyJamiyat

"Angren shakar" korxonasi xodimlarining ommaviy ishdan bo`shatilayotgani yuzasidan rasmiy axborot berildi

'"Angren shakar" korxonasi xodimlarining ommaviy ishdan bo`shatilayotgani yuzasidan rasmiy axborot berildi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar va OAVda “Angren shakar” MChJ tomonidan ommaviy ravishda xodimlarni ishdan bo`shatilayotganligi bilan bog`liq ma`lumotlar tarqaldi. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati OAV vakillari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda o`rganildi, deya xabar bermoqda Hokimlik Matbuot xizmati.

"Korxona ish faoliyatining to`xtatganligi alohida yondashuvni talab qiladigan, boz ustiga, masalaning mohiyatida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, chunonchi, talab va taklif qonuni turganini inobatga olib, ayni paytda muammoning bu jihatiga to`xtalmaymiz. Biz bu o`rinda, korxona faoliyat olib bormagan davrda unda mehnat qilayotgan 600 nafardan ziyod ishchi-xodimlar taqdiri haqida so`z yuritamiz.

Mazkur korxona qariyb 5 oydan buyon faoliyat ko`rsatmasdan kelmoqda. Lekin shunga qaramasdan, shu vaqtga qadar ishchi-xodimlarga oylik maosh to`lab kelingan. Ayrimlari esa haq to`lanmaydigan ta`tilga chiqarilgan.  

Hozirgi vaqtga kelib, korxona tomonidan o`zaro kelishuv asosida, ya`ni kelgusida korxona ish faoliyatini tiklagach, qayta ishga olish sharti bilan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmoqda. Ayni damda 150 dan ortiq ishchi-xodim ishdan bo`shatilgan, ularning barchasiga kompensasiya pullari to`lab berilgan. Ishdan bo`shatishlar, haq to`lanmaydigan mehnat ta`tilari yana davom etishi mumkin.

Ayni paytda Ohangaron shahar va tuman hokimligi vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolarni ish bilan ta`minlash bo`yicha dastlabki rejalarni muhokama qilib, takliflar tayyorlanmoqda. Bunda, asosan, sanoat va ishlab chiqarishda ma`lum tajriba ega bo`lgan ishchilarni o`z sohasiga yaqin bo`lgan ishlab chiqarish ob`ektlariga ishga joylashtirish nazarda tutilmoqda.  

Bugun Ohangaron tumani hokimining birinchi o`rinbosari Mirshoxid Miryunusov, hududlarni ijtimoiy-iqtisodi yrivojlantirish bo`yicha 4-setkor rahbari Anvar Mo`minov mazkur korxonada bo`lib, ishchilar va rahbarlar bilan suhbatlashdi.  

Korxonadan bo`shatilgan ishchi-xodimlarga 15 kun muddatda yangi ish o`rinlari taklif etish bo`yicha takliflar tayyorlanayotgani haqida axborot berildi", deyiladi rasmiy axborotda.

    Boshqa yangiliklar