"Uzbekistan Airways " aviakompaniyasi 2020-yil 8-noyabrda Krasnoyarskdan Toshkentga charter qatnov amalga oshirilishi to`g`risida xabar beradi. Rossiya Federasiyasining shaharlaridan O`zbekistonga havo qatnoviga O`zbekiston Respublikasi, Rossiya Federasiyasi, Qozog`iston va Qirg`iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o`tganligi to`g`risidagi ma`lumotnomani (qatnov jo`nashidan oldin kamida 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi. PZR ma`lumotnomasiga ega bo`lmagan yo`lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo`yilmaydi. Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan Airways " AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.
|
27.10.2020 16:50
8-noyabrda Krasnoyarskdan Toshkentga charter qatnov amalga oshirilishi ma`lum qilindi






