AsosiyJamiyat

Qidiruvdagi “ISUZU” Jizzaxdan Samarqandgacha etib borolmadi

'Qidiruvdagi “ISUZU” Jizzaxdan Samarqandgacha etib borolmadi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Sharof Rashidov tuman bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Jizzax tumanlararo sudining 27.11.2016 yildagi undiruvchi K.Matchonov foydasiga qarzdorlar G`.Karimov, A.Bo`riboev, A.Farxodov, Sh.Abduraxmonovlar hisobidan 33.059.200 so`m zarar solidar tartibda undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud. Bu haqda MIB matbuot kotibi "Darakchi"ga xabar bermoqda.

Ijro hujjati yuzasidan qarzdorlarning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli davlat organlari va boshqa kredit tashkilotlariga so`rovnomalar yuborilgan hamda davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotaba yozma va og`zaki ravishda ogohlantirilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor G`.Karimovga tegishli bo`lgan davlat raqami 25 S 390 EA bo`lgan “ISUZU FVR 33” rusumli avtotransport vositasini qidirib topish maqsadida davlat ijrochisi tomonidan  

13.07.2020 yilda avtotransport vositasini qidirish to`g`risida qaror qabul qilingan va qidiruv qarori Jizzax viloyat IIB YXXBga ijro uchun yuborilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan 13.10.2020 yilda qarzdor G`.Karimovga tegishli bo`lgan davlat raqami 25 S 390 EA bo`lgan “ISUZU FVR 33” rusumli avtotransport vositasi “Toshkent-Samarqand M39” avtomagistral yo`lining, Samarqand viloyati “yuqori nuqta” nazorat postida IIB YXXB xodimlari bilan hamkorlikda to`xtatilgan hamda dalolatnoma rasmiylashtirilgan va qarzdorlik evaziga xatlanib, saqlash uchun jarima maydonchasiga vaqtincha topshirilgan.

Avtotransport vositasi xatlangan vaqtdan boshlab oradan bir soat o`tmasdan qarzdor G`.Karimov tomonidan ijro hujjatida ko`rsatilgan qarzdorlik hamda unga nisbatan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 82-moddasiga asosan qo`llanilgan 2.223.000 so`m ma`muriy jarima to`lovlari to`liq undirilib, ijro hujjati ijrosi amalda to`liq ijro etilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar