Joriy yilning 9 oyida 239,2 ming nafar fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi. Bu haqda Bedjetdan tashqari pensiya jamg`armasi bosh mutaxassisi Yusufxon Abdulfayzov xabar qildi...
2020 yil 1 oktyabr holatiga, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining hududiy tuman (shahar) bo`limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 785,5 ming nafarni ya`ni aholi sonidagi ulushi 11,1 foizni tashkil qilgan holda 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 107,8 ming nafar yoki (2,9%)ga ko`paydi. Shundan:
2 838,3 ming nafari (75%)ni yoshga doir pensiya,
384,8 ming nafari (10,2%)ni nogironlik pensiya,
176,8 ming nafari (4,7%)ni boquvchisini yo`qotgan pensiya oluvchi oilalar,
385,6 ming nafari (10,2%)ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi.
Xususan, 2020 yil 1 yanvar holatiga nisbatan, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 88,7 ming nafar (3,2%)ga, nogironlik pensiyasi oluvchilar soni 2,2 ming nafar (0,6%)ga, yoshga doir nafaqa oluvchilar soni 8,4 ming nafar (26,3%)ga, nogironlik nafaqa oluvchilar soni 10,5 ming nafar (3,5%)ga va boquvchisini yo`qotganlik nafaqa oluvchi oilalar soni 1,6 ming nafar (5,2%)ga ortgan bo`lsa, boquvchisini yo`qotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 3 749 nafar(7,9%)ga kamaydi.
Shuningdek, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 239,2 ming nafar fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi. Shundan,
- 164,1 ming nafari (68,6%)ga yoshga doir pensiya,
- 21,4 ming nafari (8,9%)ga nogiron shaxs sifatida pensiya,
- 13,8 ming oila (5,8%)ga boquvchisini yo`qotganlik pensiya,
- 39,9 ming nafari (16,7%)ga nafaqalar tayinlandi).






