AsosiyJamiyat

O`zbekistonda to`yxonalar faoliyatiga ruxsat berilganmi?

'O`zbekistonda to`yxonalar faoliyatiga ruxsat berilganmi?'ning rasmi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Botir Qurbonov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda aholining koronavirus infeksiyasi haqidagi savollariga javob qaytarildi.

Hozirgi vaziyatda to`y marosimlari o`tkazish tartibi qanday? To`yxonalarga ruxsat berildimi?

— Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 sentyabrdagi yig`ilish bayoniga asosan karantin choralarini yumshatish munosabati bilan 2020 yil 1 oktyabrdan to`yxonalar faoliyatiga ruxsat etilgan. 

Bunda, to`yxonalar oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazish 30 kishidan ko`p bo`lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar