AsosiyJamiyat

Endi maxsus ilova orqali kunlik ishlar uchun kerakli mutaxassisni yollash mumkin bo`ladi — vazirlik

'Endi maxsus ilova orqali kunlik ishlar uchun kerakli mutaxassisni yollash mumkin bo`ladi — vazirlik'ning rasmi

AOKA zalida «Aholi bandligi to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi yuzasidan o`tkazilgan matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig`i Temur Mahmudov muhim ma`lumotlarni taqdim etdi:

— Toshkent shahrining Yunusobod va Yashnobod tumanlarida yangi konsepsiyadagi kunlik ishchilar markazlarini tashkil etdik. U erda fuqarolarni ro`yxatga olish tartibi, fuqarolar murojaat qilganidan keyin ularning shaxsiy ma`lumotlari shakllantirilib, hududga yuborilib, o`z hududida imkoniyat bo`lsa, doimiy ishga joylashtirish, ovqatlanish va boshqa ijtimoiy masalalarni ham kunlik ishchilar markazida kompleks hal qilish chorasini ko`ryapmiz.

Bu ham mehnat bozori. Bu ham vaqtinchalik ish. Unga ham talab bor. Buni zamonaviy shaklga o`tkazish bo`yicha mobil ilova joriy qildik.

 Hozir ushbu ilovaga kiradigan bo`lsak, 14-15 ming fuqaroning shaxsiy ro`yxati bor. O`zimiz ham mana shu mobil ilovadan foydalangan holda, o`zimizga kerakli mutaxassis yoki ustani chaqirib, yollashimiz mumkin bo`ladi. Bu ham tartibga solinyapti.

    Boshqa yangiliklar