Yangiyo`lda kichik sanoat zonasi tashkil etiladi.Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar berdi. “Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (657-son, 27.10.2020 y.) qabul qilindi. Qarorga ko`ra, Yangiyo`l tumanida 36 gektar er maydonida kichik sanoat zonasi tashkil etiladi. Kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun er maydonlari ajratilishi bilan bog`liq qishloq xo`jaligi va o`rmon xo`jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o`rnini qoplash bo`yicha to`lanadigan kompensasiya to`lovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi. Kichik sanoat zonasi hududida import o`rnini bosuvchi va eksportga yo`naltirilgan tayyor mahsulotlar. materiallar va bytlovchi buyumlar (kabel, keramika va plastik mahsulotlar, metall konstruksiyalar) turlarini ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari joylashtiriladi. |
28.10.2020 20:39