AsosiyJamiyat

"O`zbekiston pochtasi" tomonidan "Orol dengizi ofati" pochta markasi chiqarildi

“O`zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 5 yanvaridan “Orol dengizi ofati” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi. Bu haqda “O`zbekiston pochtasi” AJ saytida xabar berildi.

“Orol dengizi ofati” nomli pochta markasi Butunjaxon pochta ittifoqining tavsiyasiga binoan “Orol dengizi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish” mavzusiga bag`ishlangan bo`lib, pochta bloki ko`rinishida chop etilgan.
Pochta markasida Orol dengizi ekologik ofati tasvirlangan. Pochta blokida “Orol dengizi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish” so`zlari lotin grafikasida yozilgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan, o`lchami 52x37 mm.

    Boshqa yangiliklar