AsosiyJamiyat

Janubiy Koreya O`zbekistonda avtomobillar uchun gaz balloni ishlab chiqaradi

O`zbekiston va Janubiy Koreya mamlakat hududidagi erkin iqtisodiy hududlardan birida gaz balloni uskunalari ishlab chiqarishga mo`ljallangan zavodni ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Sputnik” nashri.

Ta`kidlanishicha, mazkur loyiha to`laligicha Janubiy Koreya tomonidan moliyalashtiriladi.

Ikki mamlakat o`rtasida mazkur loyihani hayotga tatbiq etish yuzasidan memorandum imzolangan.  Ayni paytda yangi mahsulot ishlab chiqaruvchi zavodning joylashadigan o`rni va texnik-iqtisodiy asoslar muhokama qilinmoqda.  

 Loyihaning barcha jihatlarini ishlab chiqish 2016 yilning o`rtalarida yakunlanadi.

Yangi zavod propan va butan gazlarida ishlovchi avtomobil uchun mo`ljallangan gaz ballonlari ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Kelajakda zavod mahsulotlari MDH mamlakatlariga, birinchi navbatda Rossiyaga eksport qilinishi ko`zda tutilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar