1

Farg`onada uch ayol bir bo`lib jinoyatga qo`l urdi. Endi ular 5 yilgacha qamalishi mumkin

Jamiyat 29.10.2020, 08:33
Farg`onada uch ayol bir bo`lib jinoyatga qo`l urdi. Endi ular 5 yilgacha qamalishi mumkin

18 oktyabr kuni Begbo`tasoy qishlog`ida yashovchi fuqaro N.A. IIBga murojaat qilib, unda 17 oktyabr kuni soat 12:00 dan 14:00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi javondan narxi 56.100.000 so`mlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi, deya xabar berdi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.Sh., H.N., va M.M. ismli ayollar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1