1

Shahrixon shifoxonasiga olib kelingan bemor yarim soat o`tib vafot etganiga izoh berildi

Jamiyat 29.10.2020, 10:32
Shahrixon shifoxonasiga olib kelingan bemor yarim soat o`tib vafot etganiga izoh berildi

Feysbuk ijtimoiy tarmog`ida Shahrixon tuman markaziy shifoxonasiga bemor otasini olib borgan fuqaro otasining shifoxonada yarim soatdan so`ng vafot etganidan shikoyat qilgan. 

Maxkur holatga Shaxrixon tuman Tibbiyot birlashmasi ma`muriyati izoh berdi. 

"Shaxrixon tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasiga 2020 yil 21 sentyabr kuni soat 16-16 da  Shaxrixon shaxar, Beshariq MFYda yashovchi fuqaro D.M. salomatlik holati og`ir tarzda olib kelingan. 

Kasalliklari tarixi surishtirilganda bemorda " bosh miyaga qon quyilish asoratlari"-Bosh miya qon aylanishi buzilishi, ishemik insult" tashxisi bilan avvaldan shifokorlar nazoratida bo`lgan.Bemorda bir necha kun oldin chap oyoqdagi trofik yaralardan qon eetishi asorati boshlangan. Oxirgi paytlarda bemor ahvoli og`irlashgan, markaziy shifoxona shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga keltirilgan. Bemor kelganda xolati o`ta og`ir bo`lib, 21.09.2020 yil soat 16.16 kuni kelgan bemor soat 19-19 da tegishli davolash muolajalari o`tkazilishi xamda reanimasion yordamlar ko`rsatilishiga qaramay "O`tkir yurak etishmovchiligi, gipovolemik shok" tashxisi bilan vafot etdi.

Og`ir judolik natijasida farzandlari tomonidan 30.09.2020 yil kuni e`tirozlar bildirilib, Facebook internet tarmog`i orqali murojaat yo`llaganlar.

Bemor qarindoshlari va farzandlariga salomatlik holati og`ir darajada ekanligi, qilingan shoshilinch tibbiy yordamlar birma-bir qilinganligi ko`rsatib o`tilib, hayotini saqlab qolish uchun o`tkazilgan barcha muolajalar va tadbirlar haqida ma`lumot batafsil berilib, tibbiy xodimlar harakatida aybdorlilik mavjud emasligi haqida tushuntirish ishlari o`tkazildi, qarindoshlari tushuntirishdan qoniqish hosil qilganliklarini izhor etdilar.

Marhumning qarindoshlariga ta`ziya bildiramiz", - deyiladi rasmiy munosabatda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1