AsosiyJamiyat

AQShning yangi prezidentini qanday muammolar kutmoqda?

'AQShning yangi prezidentini qanday muammolar kutmoqda?'ning rasmi

AQShda noyabr oyida bo`lishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarida g`alaba qozonuvchi nomzodni kam ta`minlangan va pandemiya sabab ishsiz qolgan millionlab fuqarolar kutib turibdi.

Saylovda respublikachilardan nomzod Donald Tramp yoki demokratlardan nomzod bo`lgan Jo Bayden g`olib bo`ladimi, hozircha aniq emas, ammo pandemiya sabab ishidan ayrilgan 22 million fuqaroning deyarli yarmi xali ham ish topa olmadi.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasi holatlari kundan kunga oshib bormoqda, yangi ish o`rinlari uchun ishga qabul qilish darajasi esa zaiflashgan. Mehmonxonalar, transport kompaniyalari xodimlari va oziq-ovqat etkazib beruvchilar uchun ish o`rinlari qisqartirilishi ham davom etmoqda. Shuningdek, hukumat tomonidan ajratilgan yordam pulining muddati ham tuugab bormoqda. 

Kongressdagi demokratlar pandemiyaga qarshi kurashda $2trln miqdoridagi yordam puli to`g`risida kelishib olishga harakat qildilar, ammo respublikachilarning aksariyati buunga rozilik bermadilar. Ehtimol ushbu kelishuv 2021 yildan oldin amalga oshar, ammo ko`pchilik fuqarolar uchun bu juda kech bo`lishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar