AsosiyJamiyat

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining qisqa raqami ishga tushdi

'Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining qisqa raqami ishga tushdi'ning rasmi

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining 1282 qisqa raqami ishga tushirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Endilikda fuqarolar respublikaning istalgan hududidan tashqi mehnat migrasiyasi, xususan, xorijda ishlash, mehnat migrantlari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar hamda ularni qiziqtiryotgan boshqa turli masalalar yuzasidan ushbu qisqa raqam orqali ham murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o`tamiz, Tashqi mehnat migrasiyasi qo`ng`iroqlar markazining 71 202-33-55, 71 200-00-61 raqamlari ham mavjud.

 
  

Boshqa yangiliklar