AsosiyDunyo

2016 yilda eng yomon iqtisodli mamlakatlar ro`yhati e`lon qilindi

Dunyoning eng yomon iqtisodiy ko`rsatkichli mamlakatlari ro`yhatida to`rtinchi o`rinni Rossiya va Ekvador egalladi.

Mazkur ro`yhat Bloomberg tomonidan ekspertlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma asosida tuzildi. Rossiya YaIM yil yakunlariga ko`ra yarim foizga tushadi.

Bundan ham yomon ko`rsatkichlar Venesuelada (3,3 foiz tushish), Braziliya (2,5 foiz) va Gresiyada (1,8 foiz) kutilmoqda. O`nlikka kirgan qolgan mamlakatlar (Argentina, Yaponiya, Xorvatiya, Finlyandiya va Shveysariya) 2016 yilda ijobiy o`sishni ko`rsatadi, ammo uning suratlari past bo`ladi.

Eng yaxshi natijani Hidiston ko`rsatishi kutilmoqda (o`sish 7,4 foiz). Xitoy sekinroq rivojlanadi va 6,5 foiz ko`rsatkichni qayd etadi.

Eng tez rivojlanayotgan mamlakatlar Osiyoda bo`lishi kutilmoqda. Hindiston va Xitoydan tashqari ro`yhatdan Shri-Lanka, Bangladesh va Vetnam joy oldi. Evropa mamlakatlari orasida yuqori suratlar Ruminiya (3,8 foiz) va Polshada (3,5 foiz) bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar