Mashinada baland ovozda musiqa eshitib ketayotgan haydovchiga jarima belgilash haqidagi qonun loyihasi ko`rib chiqilmoqda deya yozmoqda effect.uz
Polkovnik Erali Bozorovga ko`ra, bunday loyiha ishlab chiqishga fuqarolarning talablari ham sabab bo`lgan.
Chunki maktab, bog`chalar atrofida bunday harakatlanish boshqalarga xalaqit berishi mumkin. Maqsad – haydovchini jarimaga tortish emas, ularni qonunga itoatkorlikka o`rgatish.
Ma`lum bo`lishicha, qonun qabul qilingach, aniq reja ishlab chiqiladi va katta ehtimol bilan bunday qoidabuzarliklar zamonaviy texnologiyalar yordamida aniqlanadi.