2021 yil 1 yanvardan boshlab, jismoniy shaxslarga o`zini o`zi band qilgan shaxslar sifatida avtomobil transportida yo`lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilishi kutilayotgandi. Ammo prezident tegishli farmonida ushbu jamoatchilikning ushbu kutilmasi yana tushib qoldi.
O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon qabul qilinishidan maqsad iqtisodiyot tarmoqlaridagi yashirin aylanma darajasini keskin pasaytirish hisoblanadi.
Avvalroq, keng jamoatchilik 2021 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslarga o`zini o`zi band qilgan shaxslar sifatida 5 kishidan ko`p bo`lmagan o`rindiqli (haydovchini hisobga olgan holda) engil avtomobil transportida tashish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berilishini kutayotgandi.
Unga muvofiq, o`zini o`zi band etuvchi shaxslar engil avtomobil transportida yo`lovchilarni tashish faoliyatini mobil ilovalar – agregatorlar orqali amalga oshirganlarida olingan daromadlarga ijtimoiy soliqni to`lash bilan bir qatorda jismoniy shaxslardan daromad solig`i belgilangan to`lov stavka bo`yicha olingan daromad summasi 50 foizga kamaytirilgan holda soliq solinishi nazarda tutilgandi.
Moliya vazirigi rasmiy vakilining Kun.uz’ga ma`lum qilishicha, ushbu masala ustida ishlar to`xtab qolmagan. Shuningdek, mobil ilovalar – agregatorlar amal qilmaydigan hududlarda ayrim masalalarni hal etish, xususan agregatorga ulanmay, faoliyat olib borish bo`yicha takliflar ko`rib chiqilmoqda.
Sentyabr oyi boshida moliya vaziri o`rinbosari Dilshod Sultonov taksichilarni ham o`zini-o`zi band qilganlar ro`yxatiga qo`shish bo`yicha ishlanayotgani va bu bo`yicha 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ma`lum qilgandi.
Eslatib o`tamiz, shu yil 19 maydagi prezident selektorida taksichilar daromad solig`ini to`lashdan ozod etilishi ma`lum qilingan, ammo 9 iyunda e`lon qilingan tegishli qarorda taksichilar ko`zda tutilmagandi.






