AsosiyJamiyat

Andijonda ikki yigit "Volga" bilan kanalga tushib ketdi. Ulardan biri vafot etdi (video)

'Andijonda ikki yigit "Volga" bilan kanalga tushib ketdi. Ulardan biri vafot etdi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 26 oktyabr kuni 15-30lar chamasida Baliqchi tumani "Yurtobod" MFY hududidan oqib o`tuvchi katta Andijon kanali bo`ylab ketayotgan "Volga" haydovchining boshqaruvni yo`qotishi oqibatida suvga tushib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, tumanning "Jartepa" MFYda istiqomat qiluvchi, 1991 yilda tug`ilgan yigit 1988 yilda tug`ilgan mahalladoshi bilan mashinada ketayotib, boshqaruvni yo`qotib, yo`lning qarama-qarshi tarafiga o`tib ketadi va kanalaga tushib ketgan.

Haydovchi mashinadan chiqib, o`zini qutqarib qolgan, yo`lovchi, 32 yoshli fuqaro suvdan chiqa olmay halok bo`lgan.

Uchastka inspektorining ma`lum qilishicha, yigitlardan biri suvga tushib ketgan zahoti "bizni qutqaringlar" deya ichki ishlar xodimlariga telefon qilgan, ammo aloqa birdan uzilgan. IIB xodimlari mahalla odamlari bilan kanalga etib kelishgan, biroq, faqat haydovchining joni saqlab qolingan. 

    Boshqa yangiliklar