1

Keyingi yildan hududda kuchli beshlikka kirgan maktab rahbarlariga mahalliy byudjetdan ustama to`lanadi, o`qituvchilari rag`batlantiriladi

Jamiyat 30.10.2020, 19:42
Keyingi yildan hududda kuchli beshlikka kirgan maktab rahbarlariga mahalliy byudjetdan ustama to`lanadi, o`qituvchilari rag`batlantiriladi

Avval xabar qilganimizdek, bugun Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo`yicha videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. 

Ma`lum qilinishicha, kelgusi yildan boshlab 7-sinfdan o`g`il-qizlarning kasbga qiziqishlarini aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yo`naltirish amaliyoti joriy qilinishi belgilandi. Hududdagi sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish korxonalari maktablarga biriktiriladi.

Har bir maktab reytingini hamda shu asosda ta`lim sifati bo`yicha tuman, shahar va viloyatlar reytingini ishlab chiqish zarurligi aytildi. Reyting natijalariga qarab, maktab direktorlari va o`rinbosarlari, o`qituvchilar, hokimlar va ularning ta`lim bo`yicha maslahatchilari faoliyatiga baho beriladi.

Reytingda birinchi beshlikka kirgan maktab direktorlariga mahalliy byudjetdan ustama to`lanadi. Xususan, maktab direktorlari va ularning o`rinbosarlariga mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining 3 baravaridan 12 baravarigacha rag`batlantiruvchi to`lovlar beriladi. Shu bilan birga, xalq ta`limi bo`limi rahbari va metodisti, maktab direktorlari, tuman reytingida birinchi va ikkinchi o`rinni egallagan maktablarning 2 nafar ilg`or o`qituvchisiga kasaba uyushmalari hisobidan har yili sihatgohlarga ikki haftalik bepul yo`llanma beriladi. Shuningdek, fidoyi pedagoglar boshqa yo`llar bilan ham rag`batlantiriladi.

Mavzuga doir:

Maktablarni ta`mirlash, obodonlashtirish, isitish masalalariga hokimlar shaxsan mas`ul — Prezident

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1