1

19:30 holatiga ko`ra, Turkiyadagi kuchli zilzilada halok bo`lganlar va jabrlanganlar orasida o`zbekistonliklar qayd etilmadi — TIV

Jamiyat 30.10.2020, 20:24
19:30 holatiga ko`ra, Turkiyadagi kuchli zilzilada halok bo`lganlar va jabrlanganlar orasida o`zbekistonliklar qayd etilmadi — TIV

O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma`lumotiga binoan, Toshkent vaqti bilan soat 19.30 holatiga ko`ra Turkiyaning g`arbiy qismida 2020 yil 30 oktyabrda sodir bo`lgan kuchli zilzila natijasida halok bo`lgan va jarohat olganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. Bu haqda O`zbekiston TIV xabar bermoqda.

"Mamlakatimizning Anqarada shahridagi Elchixona va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Izmir viloyatining Tezkor shtabi bilan doimiy aloqa o`rnatgan.

Jarohat olgan hamyurtlarimiz to`g`risida ma`lumot aniqlanganda,  zarur yordam ko`rsatish uchun O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilshingizni so`raymiz (tel.: +90 212-323-20-36/37)", deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, bugun Turkiyaning g`arbiy qismida 6,6 balli zilzila hsodir bo`ldi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1