1

Kamida 20 ta bino vayron bo`ldi: Turkiya zilzilasi lavhalarda (video)

Dunyo 30.10.2020, 20:45
Kamida 20 ta bino vayron bo`ldi: Turkiya zilzilasi lavhalarda (video)

Turkiyaning g`arbiy qismida sodir bo`lgan tabiiy ofat natijasida kamida 20 bino vayron bo`ldi, zilzila oqibatlari Izmirda va qo`shni viloyatlarida, shuningdek, Yunonistonning Samos orolida sezildi, deya yozmoqda rbc.ru 

Zilziladan so`ng, 4,1 dan 4,8 gacha bo`lgan bir necha marta takrorlangan zilzila qayd etildi, deb xabar beradi HaberTurk.
 


Zilzila Izmir viloyatidagi uylarni vayron qildi va buzdi, kamida 20 bino vayron bo`lgan.

NTV telekanali xabar berishicha, tabiiy ofat g`arbiy qirg`oqdagi Seferixisar shahrida kichik sunamiga sabab bo`lgan. Ko`chalarni 1 m ko`tarilgan suv bosdi.

Zilzila Oydin, Mugla, Manisa, Dengizli, Chanakkale va boshqa yaqin viloyatlarda ham sezildi.

Hozircha qurbonlar haqida ma`lumot yo`q, dedi Izmir gubernatori.

Zilzila kuchini 7.0 ga baholagan Amerika Qo`shma Shtatlari Geologik xizmati (USGS) ma`lumotlariga ko`ra, zilzila markazi Egey dengizidan 10 km chuqurlikda, Izmirdan 30 km va Gresiyaning Samos orolidan 14 km uzoqlikda bo`lgan. Tabiiy ofat Samosdagi binolarning vayron bo`lishiga olib keldi va buning oqibatlari Kritda sezildi.

Eslatib o`tamiz, Toshkent vaqti bilan soat 19.30 holatiga ko`ra Turkiyaning g`arbiy qismida sodir bo`lgan kuchli zilzila natijasida halok bo`lgan va jarohat olganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1