Xitoyning Dalian Wanda korporasiyasi Gollivudning Legendary Entertainment kinostudiyasini sotib olishga ruxsat olganini maa`lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xitoy kompaniyasi vakillarining ta`kidlashicha, kelishuv bahosi 3,5 milliard dollarni tashkil etadi.
“Dalian Wanda kinokompaniyani nafaqat filmlari, balki mualliflik huquqi uchun ham sotib olishga qaror qildi”, — deyiladi xabarda.
“Umid qilamizki, bu qadam Xitoyga jahon kinosanoatidagi o`z o`rnini yanada mustahkamlash imkonini beradi”, — dedi kinokompaniyani sotib olmoqchi bo`lgan tadbirkor.
Dalian Wanda korporasiyasi hozirgi kunda dunyodagi eng yirik kompaniya-operatorlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya Shimoliy Amerika, Avstraliya va Xitoydagi bir nechta kinoteatrlarni nazorat qiladi.





