1

Toshkent avtobuslarida jetonlar 2021 yil 1 yanvarga qadar foydalaniladi — “Toshshahartransxizmat”

Jamiyat 31.10.2020, 07:14
Toshkent avtobuslarida jetonlar 2021 yil 1 yanvarga qadar foydalaniladi — “Toshshahartransxizmat”

Bu haqda Jamiyat Axborot xizmati tomonidan xabar e`lon qilindi.

"Joriy yilning 9 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda jamoat transportida maxsus (temir) jetonlar 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Toshkent shahar yo`lovchi tashish transporti (avtobuslar) uchun foydalanish to`xtatilishini ma`lum qilgan edik.  

Fuqarolar tomonidan ko`plab murojaatlarni inobatga olgan holda, yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus (temir) jetonlarni, 2021 yil 1 yanvarga qadar foydalanishini ma`lum qilamiz.  

Poytaxtimizdagi jamoat transporti avtomatlashtirilgan to`lov tizimini joriy etish doirasida yo`lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo`l haqi to`lovlarni amalga oshirish ko`lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan to`lov tizimini to`laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida yagona transport kartasidan foydalanishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz.  

Eslatib o`tamiz, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati tomonidan qabul qilingan tegishli buyrug`i, jamoat transportidagi faqatgina avtobuslarga taaluqliligini,  Toshkent Metropoliteni faoliyatiga esa tegishli emasligini bildirib o`tamiz",-deyiladi rasmiy xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1