1

Nukusda istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilar oilalari bilan Xivaga sayohat qilishdi

Jamiyat 31.10.2020, 17:04
Teglar: Xiva, Nukus, harbiy xizmatchilar
Nukusda istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilar oilalari bilan Xivaga sayohat qilishdi

Nukus garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar oilalari bilan Xiva shahrida joylashgan hamda Markaziy Osiyodagi yirik va noyob me`moriy yodgorlik – Ichan qal`aga sayohat qilishdi. Bu haqda Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlash joizki, mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish orqali xalqimizning boy tarixiy merosi, betakror urf-odat va an`analari, milliy qadriyatlarimizni o`rganishga alohida e`tibor qaratilmoqda. 

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlarida ham harbiy xizmatchilar va ular oila a`zolarining ma`naviyatini yuksaltirish, ularga yashab turgan hudud tarixi haqida ko`proq ma`lumot etkazish, madaniy hordiq olishini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatining tarixiy obidalari va maskanlariga sayohat uyushtirilib, ular o`rtasida ichki turizm rivojlantirilishiga hissa qo`shilyapti. 

Qadim tarix va bugungi ruh uyg`unlashgan, mahalliy va xorijlik turistlarni o`ziga chorlab kelayotgan tarixiy obidalardan biri, shubhasiz, Xiva shahridagi Ichan qal`a tarixiy-me`moriy majmuasi hisoblanadi. 

Umumiy maydoni 26 gektar bo`lgan qal`ada 54 tarixiy arxitektura yodgorligi joylashgan. Qal`ani o`rab turgan eni 5-6 metrlik devorning uzunligi 2200 metrni tashkil qiladi. YuNESKOning Umumjahon merosi ob`ektlari ro`yxatiga kiritilgan Ichan qal`a tarixiy-me`moriy majmuasiga 4 darvoza orqali kiriladi. Ularni Ota darvoza, Bog`cha darvoza, Tosh darvoza va Polvon darvoza, deb atashadi. Bugungi kunda majmuada 40 mingdan ziyod eksponat saqlanmoqda. 

Tarix va bugun bilan yuzlashgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari turistik sayohatdan unutilmas taassurotlar olib, bu dargohlarga yana bir bor qaytib kelishni niyat qilishdi. 

 

 

Sharhlar

IIV sobiq xodimi, Nukus voqealari bo`yicha qamalgan Po`lat Shamshetovning kutilmagan vafoti bo`yicha Bosh prokuratura bayonot berdi

06.02.2023, 10:42

Sal avval Qoraqalpog`iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo`limining sobiq boshlig`i Po`lat Shamshetov Nukus voqealari bo`yicha hukm chiqarilgandan ko`p o`tmay vafot etgani haqida xabar qilingan edi....
⚡️Nukusda ikki bola tezpishar lapshadan emas, kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlangan. Ulardan biri vafot etdi — Sanepidemxizmat

30.01.2023, 12:29

Sal avval  Nukus shahrida ikki nafar bola do`konlarda sotiladigan tezpishar lapshadan zaharlangani xabar qilingan edi. Holat bo`yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati o`rganish natijalarini e`lon...
⚡️ Nukusdagi portlash vayronalari ostidan yana 4 kishining jasadi topildi

30.01.2023, 11:31

Xabar berganimizdek, kecha 29 yanvar kuni soat 16:15 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning to`rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz...
Nukus voqeаlari bo`yicha sudda ayblanuvchilardan yana biri xalq tinchligi buzilishiga Tajimuratov va Kallixanovani aybladi

01.12.2022, 09:00

Avval xabar qilganimizdek, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1