AsosiyJamiyat

Tug`ruqxonanining noinsof xodimlaridan g`azablangan Furqat tumani hokimi tug`ruqxonani boshiga ko`tardi

'Tug`ruqxonanining noinsof xodimlaridan g`azablangan Furqat tumani hokimi tug`ruqxonani boshiga ko`tardi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati Furqat tumani hokimining suyunchi pulini taqsimlashda janjallashgan tug`ruqxona xodimlarini qattiq tanqid qilgan videosi tarqaldi.

Videoda aytilishicha, farzand ko`rgan ota-onalar, xususan hokimning onasidan suyunchi puli so`ragan tug`ruqxona xodimlari boshqa bo`limga o`tkaziladi va uch oylik sinov muddati belgilanadi.

Videoda hokim bu kabi salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida tug`ruqxonaga videokameralar o`rnatish hamda farzandli bo`lganidan quvonib suyunchi bermoqchi bo`lgan ota-onalar uchun maxsus ehson qutilari tashkil etish bo`yicha topshiriq bergan. Ma`lum bo`lishicha, ushbu ehsonlar nogironlar, masjidlarga beriladi.

Shuningdek videoda g`azablangan hokim bir yigitni suyunchi berishga puli yo`qligidan tug`ruqxonadan xotinini olib keta olmayotganligi haqida gapirgan. 

    Boshqa yangiliklar