AsosiyDunyo

Istanbul markazida portlash sodir bo`ldi

Turkiya poytaxti Istanbul shahridagi Sultonahmad markaziy maydonida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda “Meduza” xabar bermoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, halok bo`lganlar va tan jarohati olganlar mavjud. Ularning soni hozircha oshkor etilmagan.

Ma`lumotlarga ko`ra, markaziy maydonda hudkush terrorchi o`zini portlatib yuborishi oqibatida portlash sodir bo`lgan. Terrorchi sayyohlar guruhi yaqinida o`zini portlatib yuborgan.

Maydonga zudlik bilan bir nechta tez yordam, o`t o`chirish va polisiya mashinalari etib kelgan. Hozirda hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar