1

1 noyabrdan gaz zapravkalar ish tartibiga o`zgartirishlar kiritilmagan -- Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Jamiyat 01.11.2020, 13:56
1 noyabrdan gaz zapravkalar ish tartibiga o`zgartirishlar kiritilmagan -- Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Energetika vazirligi 2020 yil 1 noyabrdan cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilayogan avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga (AGTKSh) gaz etkazib berish shartlari hozirda ko`rib chiqilayotganligini ma`lum qildi.

Hozircha 1 noyabrdan boshlab AGTKShning ish tartibiga hech qanday o`zgartirish kiritilmagan, deyiladi Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o`tishlaricha,  Toshkent shahrida 54 ta gaz taqsimlash stansiyalarida yangi ish jadvali joriy etilishi va navbatma-navbat (birdaniga emas), har uch kunda bir marta soat 19:00 dan 7:00 ga qadar gaz ta`minotini to`xtatib turish rejalashtirilgan edi. Ushbu choralar aholi va ijtimoiy soha ob`ektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta`minlashga qaratilgan. Bunga sabab iste`molning yuqori (pik) soatlarida yoqilg`i quyish shoxobchalaridagi gaz iste`moli tufayli bosim kamayib ketadi.

Ma`lum qilinishicha, hozirgi kunda ushbu cheklovchi choralarni qo`llash mexanizmi qayta ko`rib chiqilmoqda va qabul qilingan xulasalar haqida o`z vaqtida ma`lumot beriladi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1