1

Qanday holatdagi go`sht mahsulotlarini sotish va sotib olish mumkin emas?

Jamiyat 01.11.2020, 14:36
Qanday holatdagi go`sht mahsulotlarini sotish va sotib olish mumkin emas?

Bozorda va do`konlarda sotilayotgan go`sht mahsulotlari har doim ham kafolatli bo`lmaydi. Ayrim hollarda sanitriya talab va tartiblariga rioya qilinmay so`yilgan chorva go`shtlari sotishga ruxsat berilmaydi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lumot berdi.

Quyidagi hollarda go`sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

so`yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so`yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo`lsa;

 go`sht va go`sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda etkazib berilgan bo`lsa;

 veterinariya hujjatlari bo`lmasa;

 ixtisoslashtirilgan so`yish korxonasining F-200 shakldagi ma`lumotnomasi bo`lmasa;

 veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma`lumotnomasi) bo`lmasa;

 oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo`lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo`lsa;

 xona yoki ko`cha haroratida ilgakka osilgan yoki erga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo`yilgan holatda bo`lsa;

 veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go`shtlarning yagona elektron ma`lumotlar bazasiga kiritilmagan bo`lsa.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1