1

Taniqli aktyor Faxriddin Shamsimatov 50 yoshga to`ldi

Jamiyat 01.11.2020, 15:41
Taniqli aktyor Faxriddin Shamsimatov 50 yoshga to`ldi

Bugun Faxriddin Shamsimatov 50 yoshni qarshi oldi. Bu haqda "O`zbekkino" MA Axborot xizmati xabar berdi.

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, professional kino va dublyaj aktyori Faxriddin Shamsimatov 1970 yili 1 noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1996 yildan rejissyorlik faoliyati bilan shug`ullangan.  

"Eng ulug`, Eng aziz" ko`rik-tanlovida “Yilning eng yaxshi erkak roli uchun” nominasiyasi g`olibi. Rossiyada o`tkazilgan "DETEKTIV FEST" xalqaro festivalida "Haqiqiy erkaklar ovi" badiiy filmidagi polkovnik Ozod roli uchun "Eng yaxshi erkak roli" nominasiyasi g`olibi bo`lgan.

Faxriddin Shamsimatov suratga tushgan filmlar

“Egizaklar” – 2004 yil

“Sardor 2” – 2005 yil

“Bonu qissasi” – 2007 yil

“Haqiqiy erkaklar ovi” – 2009 yil

“Tahdid” – 2010 yil

“Visoskiy” – 2010 yil

“Yozsiz yil” – 2011 yil

“Haqiqat kuni” – 2011 yil

“Ko`rinmaslar” – 2011 yil

“Qo`rg`oshin” – 2011 yil

“Behbudiy” – 2020 yil

Kino va dublyaj sohasida ko`plab muxlislar e`tibori va hurmatiga sazovor bo`lgan aktyorni tavallud kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1