1

Buxoroda poezd kelguncha temir yo`lni kesib o`tmoqchi bo`lgan velosipedchi halok bo`ldi

Jamiyat 01.11.2020, 15:57
Buxoroda poezd kelguncha temir yo`lni kesib o`tmoqchi bo`lgan velosipedchi halok bo`ldi

Buxoroda poezd velosipedda ketayotgan 69 yoshli erkakni urib yubordi. Bu haqda huquq tartibot organlari xabariga tayanib Zamon.uz yozdi.

Qayd etilishicha, hodisa 3 oktyabrda Toshkent – Volgograd yo`nalishidagi temir yo`lda sodir bo`lgan. 

Ma`lum bo`lishicha, erkak velosipedda poezd etib kelguncha temir yo`lni kesib o`taman deb o`ylagan.

Lekin, qoqilib tushishi natijasida relslarda qolib ketgan. Oqibatda poezd erkakni urib yuborgan. U voqea joyida halok bo`lgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. IIBB fuqarolardan hayotini xavf ostiga qo`yib, temir yo`lni kesib o`tishda tavakkal qilmaslikka chaqiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1