1

Jervonta Devis jangni chuqur nokaut bilan yakunladi. Raqibi 2 daqiqa o`ziga kelolmadi

Jamiyat 01.11.2020, 18:55
Jervonta Devis jangni chuqur nokaut bilan yakunladi. Raqibi 2 daqiqa o`ziga kelolmadi

AQShning San-Antonio shahrida navbatdagi boks kechasi bo`lib o`tdi.

Kechaning markaziy jangida engil vazn toifasida WBA Regular kamari sohibi Jervont Devis birinchi engil vazn toifasida WBA kamari sohibi Leo Santa Krusga qarshi ringga ko`tarildi. 

O`n ikki raundga mo`ljallangan bahs oltinchi raunddayoq yakunlandi. 

Krus oltinchi raundda raqibidan kuchli apperkot zarbasini o`tkazib yubordi va chuqur nokaut holatiga tushib qoldi. Santa zarbadan so`ng deyarli ikki daqiqa o`ziga kela olmadi va shifokorlar yordamida ringni tark etdi.

Bu Devisning faoliyatidagi 24-g`alabasi bo`ldi. Hozircha uning hisobida mag`lubiyat yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1