AsosiyDunyo

Qirg`iziston prezidenti lavozimiga besh kishi da`vogarlik qilmoqda

'Qirg`iziston prezidenti lavozimiga besh kishi da`vogarlik qilmoqda'ning rasmi

Qirg`iziston Markaziy saylov komissiyasiga to`rt kishi o`z nomzodini ilgari surish to`g`risidagi ariza bilan murojaat qildi. 

31 oktyabr holatiga ko`ra mamlakat saylov komissiyasiga to`rt kishidan prezident lavozimiga o`z nomzodini ilgari surish to`g`risidagi ariza kelib tushgan.

Sputnik Qirg`iziston nashri xabariga ko`ra, quyidagilar davlat rahbari lavozimiga da`vogarlik qilmoqda:

  • Adaxan Madumarov — “Butun Qirg`iziston” partiyasi etakchisi;
  • Arstanbek Abdildaev —“Aurdin” MChJ direktori;
  • Kuban Choroev — “Qadimiy ko`chmanchi tamadduni” Tarixiy-madaniy meros va ma`naviyatni qayta tiklash” jamg`armasi boshqaruvchi raisi;
  • Nazarbek Nishanov — “Lider-Antikrizis” jamoatchilik tashkiloti prezidenti.

Avvalroq Qirg`iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov iste`foga chiqishi va davlat rahbari saylovlarida ishtirok etishini ma`lum qilgandi.

Qirg`izistonda prezident saylovlari 2021 yil 10 yanvar kuni bo`lib o`tishi kerak.

    Boshqa yangiliklar