Prokuratura tekshiruvi natijasida Samarqand viloyatida byudjet mablag`larini ishlatishda 19 mlrd so`mlik qonunbuzarliklar aniqlangan. Ushbu ishlar yuzasidan 125 ta jinoiy ishlar qo`zg`atilgan. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” gazetasiga asoslanib, “Sputnik” xabar bermoqda.
2015 yilda Samarqanda viloyatida 6,2 mlrd so`m byudjet mablag`i maqsadga muvofiq ishlatilmaganligi ma`lum bo`lgan.
Byudjet tashkilotlarini tekshirish vaqtida bir qator moliyaviy qoidabuzarliklar aniqlandi. 2015 yilda byudjet mablag`larini ishlatish borasidagi qoidabuzarliklar 16,5 mlrdni tashkil qildi, ulardan 2,2 mlrd so`mi o`g`irlangan.
Viloyat hududining turli joylarida, kerakli nazorat bo`lmaganligi tufayli, ijtimoiy to`lovlar va pensiyalarni to`lashda bir qator qonunbuzliklarga yo`l qo`yilgan.
Payariq tumani pochta bo`limi mansabdor shaxslari, ABK “Agrobank”ning Chelak tumani filialidan 662 mln so`m mablag`ni olib, pochta bo`limida ushbu mablag`ni pensiya sifatida tarqatildi, deb rasmiylashtirgan. Aslida esa ushbu mablag`ni o`zlashtirib olgan. Ushbu ishga aloqador shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.
O`tgan yil davomida o`g`irlangan byudjet mablag`i Samarqand shahrida 1, 185 million so`m,Urgut tumanida 1,060 million so`m, Pastdarg`om tumanida 946,3 million so`m, Qo`shrabat tumanida 858 million so`m, Poyariq tumanida 644 million so`m, Ishtixon tumanida 614 million so`m, Kattaqo`rg`on tumanida 521 million so`m, Jomboy tumanida 420 million so`mni tashkil qildi.





