SSV xabariga kzo`ra 2020 yil 1 noyabr soat 23:30 holatiga, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 67 156 (+55) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
15 nafari Toshkent shahrida,
40 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar,
Andijon viloyatida 15 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
Navoiy viloyatida 3 nafar,
Namangan viloyatida 6 nafar,
Samarqand viloyatida 10 nafar,
Sirdaryo viloyatida 18 nafar,
Toshkent viloyatida 82 nafar,
Toshkent shahrida 87 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 64 466 (+231) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizda 2 120 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






