Samarqand shahrida yashovchi J.Ahmadov va turmush o`rtog`i R.Qo`shatovalar o`rtasida qurilgan oilaga 2016 yilda darz ketgan edi. Fuqarolik ishlari bo`yicha Payariq tumanlararo sudining 16.12.2016 yil 16 dekabrdagi sud buyrug`i bilan otaning zimmasiga bir nafar voyaga etmagan farzandning ta`minoti uchun aliment to`lash majburiyati yuklagan.
Oradan to`rt yil o`tib joriy karantin vaqti ota va ona o`zaro munosabatlari haqida o`ylab ko`rishlari uchun etarli muddat bo`ldi hamda ular bilan Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tushuntirish ishlari natijasida ular o`zaro yarashtirilib, buzilgan yana bir oila tiklandi. Bu haqda MIB xabar qildi.
Samarqand shahar bo`limiga taklif etilgan qarzdor J.Ahmadov va undiruvchi R.Qo`shatovalar bilan tushuntirish ishlari natijasiga ko`ra ularning oilasi hech qanday aliment to`lovisiz qayta tiklanib, butun oila sifatida uyga kuzatildi.






