Ma`lumki, Farg`ona viloyati bo`ylab zamonaviy fotovideofiksasiya qurilmalari o`rnatildi. Ushbu qurilmalar bugun, 2 noyabr kunidan ishga tushirilib, “To`xtash chizig`i”, “Yo`l harakati qoidalari”ning 1.1 sidirg`a chizig`iga, 3.19 “Qayrilish taqiqlangan” yo`l belgisiga hamda belgilangan tezlikka va svetafor ishoralariga amal qilmagan transport vositalari haydovchilarning qoidabuzarliklari onlayn tartibda qayd qilinadi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Farg`ona viloyati IIB xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, fotovideofiksasiya vositalari orqali aniqlangan yuqoridagi qoidabuzarliklarning haftalik ma`lumotlari ommaviy axborot vositalari orqali muntazam e`lon qilib boriladi.






