AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ayrim mahalla va ko`chalarida sovuq so`v bo`lmaydi

'Bugun Toshkentning ayrim mahalla va ko`chalarida sovuq so`v bo`lmaydi'ning rasmi

Bugun, 2 noyabr kuni soat 9:00 dan 3 noyabr soat  20:00 ga qadar Yashnobod tumani  Parkent va Ohangaron shoh ko`chasidagi ichimlik suvi  quvurida ta`mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Shu munosabat bilan ushbu vaqt oralig`ida quyidagi manzillarga ichimlik suvi ta`minoti to`xtatiladi:

— “Navro`zobod” mahallasi;  

— “Parvoz” mahallasi;

— Amir Temur mahallasi;

— Parkent tor ko`chasi;

— Aviasozlar 4-mavzesi;

Suv bosimi pasayadigan hududlar:

- “Aviasozlar”, “Yashnabod”,  “Fazogir”, “Barkamol”, “Beshariq”, “Iltifot”, “Dilbog`”, “Birlashgan”, “Donishmand” mahallalari.

Suv ta`minoti bo`yicha murojaatlar quyidagi raqamlar orqali qabul qilinadi: 71 293-44-32; 1054.

 

 

    Boshqa yangiliklar