AsosiyDunyo

JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus karantinga olindi

'JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus karantinga olindi'ning rasmi

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus koronavirus infeksiyasining yangi turini yuqtirgan odam bilan aloqada bo`lganligi haqida ma`lum bo`lgandan keyin o`zini o`zi izolyasiya qilganini aytdi. Bu haqda interfax yozmoqda

"Ma`lum bo`lishicha, men sinovdan o`tgan COVID-19 bilan kasallangan odam bilan aloqada bo`lganman. Men o`zimni yaxshi his qilyapman va hech qanday alomatim yo`q, lekin men Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining protokollariga muvofiq kelgusi bir necha kun ichida o`zimni karantinga olaman va uyda ishlayman". - deb yozdi JSST rahbari o`z tvitterida.

Uning so`zlariga ko`ra, har bir inson sog`liqni saqlash bo`yicha ko`rsatmalarga rioya qilishlari juda muhimdir.

"Shunday qilib biz SOVID-19 yuqish zanjirini buzamiz, virusni bostiramiz va sog`liqni saqlash tizimlarini himoya qilamiz", dedi JSST rahbari.

Eslatib o`tamiz, bir necha kun avval O`zbekiston O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Jeneva shahriga qilgan tashrifi chog`ida JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus bilan uchrashgan edi.

Mavzuga doir: 

"Avvalgilarning hech biriga o`xshamaydi". Koronavirusning yangi turi tarqalmoqda: 20A.EU1

 

    Boshqa yangiliklar