AsosiyDunyo

Chevrolet nima sababdan Malibu’dan o`z logotipini olib tashladi? (Video)

Chevrolet kompaniyasi McCann agentligi bilan hamkorlikda «Aktyorlar emas, haqiqiy odamlar» seriyasidagi navbatdagi reklama roligini omma e`tiboriga havola qildi, deya xabar bermoqda «vc.ru».

Rolikda yangilangan Chevrolet Malibu avtomobilidan barcha brending belgilari olib tashlangan va odamlarning bu mashina haqidagi fikrlari so`ralgan. Reklama roligida Chevrolet vakili yig`ilganlarga ularning qarshisida turgan avtomobilning u yoki bu modelga tegishli ekanini bildiruvchi barcha belgilar olib tashlanganini ma`lum qilib, avtomobil haqidagi fikrlarini so`ragan. Tajribaning ayrim ishtirokchilari Lexus turibdi, deb o`ylagan, boshqalari Acura, yana bir qator kishilar BMW deb taxmin qilgan.

So`ng tajriba ishtirokchilari avtomobil imkoniyatlari bilan tanishgan — unda iPhone smartfonidan salon ichida xavfsiz foydalanish imkonini beruvchi Apple CarPlay tizimi, Teen Driver texnologiyasi (o`smir haydovchi avtomobilni boshqarayotgan vaqtda, uning harakati haqidagi axborot ota-onasiga uzatib turiladi) mavjud.
Shundan so`ng, Chevrolet vakili yig`ilganlardan mazkur avtomobil taxminan necha pul turishi haqida so`ragan. Tajriba qatnashchilari 50—80 ming dollar oralig`idagi narxlarni aytib o`tgan.
Savol-javoblar oxirida odamlar avtomobil haqidagi haqqoniy axborotni oladi. Ularning qarshisida Chevrolet modeli turgani, uning minimal narxi 22,5 ming dollar ekaniga aksariyat  ishtirokchilar hayron qolgan.

 

    Boshqa yangiliklar