AsosiyJamiyat

Xulosa chiqargan qarzdor otadan 10 mln.so`m aliment pullari undirildi, xulosa chiqarmagani esa qamoqqa olindi

'Xulosa chiqargan qarzdor otadan 10 mln.so`m aliment pullari undirildi, xulosa chiqarmagani esa qamoqqa olindi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Shayhontoxur tuman bo`lim ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo`yicha Shayhontoxur tumanlararo sudining 26.08.2013 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor H.Xaytboevdan undiruvchi S.Xayitboeva foydasiga ikki nafar farzandlari ta`minoti uchun 1/3-qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro xujjati bo`lim ish yurituviga kelib tushgan bo`lib, ushbu ijro ishi bo`yicha ijro ishi yuritish to`g`risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan. 

 Qarzdor H.Xaytboev tomonidan aliment qarzdorligi vaqtida to`lanmagach, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan qidiruv e`lon qilingan va qarzdor ota  oylar davomida to`lamay kelgan alimentdan qarzdorligi 8.539.222 so`mga etgan. Berilgan muddat va ogohlantirishlarga qarmay  qarzdorlikni bartaraf etmagach, 27.10.2020 yil kuni O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 4-bandiga asosan 15 sutkalik ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan bo`lsa, ushbu sudning 01.11.2013 yildagi ijro varaqasiga asosan, boshqa qarzdor N.Kasimovdan undiruvchi Sh.Kasimova foydasiga uch nafar farzandlari ta`minoti uchun ½-qism miqdorida aliment undirish belgilangan bo`lib, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor N.Kasimovni O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 4-bandiga asosan 15 sutkalik ma`muriy qamoq jazosi tayinlash chog`ida qarzdor tomonidan 2 yillik to`lanmagan 10.000.000 so`m aliment pullari to`lab berilib, undiruvchi foydasiga to`liq undirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar