AsosiyJamiyat

Farg`ona yo`llariga yangi videokameralar o`rnatildi

'Farg`ona yo`llariga yangi videokameralar o`rnatildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati bo`ylab yo`l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi fotovideofiksasiya qurilmalari o`rnatildi. Mazkur videokameralar 2 noyabrdan e`tiboran ishga tushdi va bir qancha qoidabuzarliklarni qayd etadi. Bu haqda Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Fotovideofiksasiya qurilmalari orqali quyidagi qoidabuzarliklar aniqlanadi:

«To`xtash chizig`i»;

1 sidirg`a chizig`i;

19 «Qayrilish taqiqlangan» yo`l belgisi;

Belgilangan tezlik;

Svetofor ishoralari.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi barcha yo`llar nazoratga olinganini ma`lum qilgan hamda fuqarolarga o`z hayoti va sog`lig`i, shuningdek, oilaviy byudjetiga zarar kelishiga befarq bo`lmaslikni, yo`l harakati qoidalariga amal qilishni so`ragan.

Eslatib o`tamiz, Farg`onada 17 oktyabrdan jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar orqali aniqlanib, jarimaga tortish boshlangandi, mazkur kameralar bir kunda 156 kishiga jarima belgilagandi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar