AsosiyJamiyat

Toshkentlik erkak ayolni sharmandali holatda raqsga tushgan videosini internetda tarqatmaslik uchun 50 000 AQSh dollari talab qildi

'Toshkentlik erkak ayolni sharmandali holatda raqsga tushgan videosini internetda tarqatmaslik uchun 50 000 AQSh dollari talab qildi'ning rasmi

Olmazor tumanida yashovchi B.S. ismli erkak A.G. ismli ayoldan uning yarim yalang`och holda raqsga tushgani olingan video lavhani “internet” saytlari orqali tarqatish va uni oila a`zolariga ko`rsatib sharmanda qilmasligi uchun  50 000 AQSh dollari berishni talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati  ma`lum qildi.  

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo`limi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.S  6 500 AQSh dollarini tovlamachilik yo`li bilan A.G dan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar