Bu DAIShning ishi: terrorchilar guruhi Istanbuldagi terakt uchun javobgarlikni bo`yniga oldi.
Sulton Ahmad maydonidagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo`ldi, shulardan 9 nafari Germaniya fuqarolari. Jabrlanganlar orasida ham nemislar, shuningdek — Norvegiya va Perudan ham sayyohlar bor. O`zini portlatganning shaxsi aniqlangan.
Ayni damda mazkur hududda kontrterroristik operasiya bo`lmoqda.
Tonggi 10:20 da terrorchi o`zini portlatib yuborgan. Kechga borib mamlakat Prezidenti ushbu hodisa haqida o`z fikrlarini aytdi. "Ushbu terakt yana bir bor bir yoqadan bosh chiqarib, kurashishimiz lozimligini isbotladi", — deydi Rajab Erdog`an.
Aniqlanishicha, portlash 1988 yilda tug`ilgan suriyalik terrorchi qotil tomonidan amalga oshirilgan.





