AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yanvar oyidagi beshinchi zilzila qayd etildi

Bugun, 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:07 da O`zbekistonning ayrim hududlarida erosti silkinishlari sezildi. 

O`zFA Seysmologiya institutining xabar berishicha, Toshkentda erosti silkinishlari kuchi 2—3 ,  Andijonda – 3, Farg`onada – 3-4 ballni tashkil etgan.

Poytaxtliklarning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan fikrlariga ko`ra, Toshkentda 4-4,5 ballga yaqin zilzila sezilgan.

Episentrda 5,7 magnitudali zilzila qayd etilgan bo`lib, u Afg`oniston hududidagi Hindikush tog`larida 225 km chuqurlikda joylashgani xabar qilindi.

    Boshqa yangiliklar