AsosiyJamiyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga o`rinbosarlar tayinlandi

'Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga o`rinbosarlar tayinlandi'ning rasmi

Prezidentning tegishli qarori bilan Tuxtasheva Umida Abdilovna Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o`rinbosari — Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

 Xaydarov Tal`atjon Solievich Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o`rinbosari – Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar, U. Tuxtasheva Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani lavozimida, T. Xaydarov O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ichki xavfsizlikni ta`minlash bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar