29 oktyabr kuni Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasiga “Qarshi-Samarqand-Toshkent” yo`nalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezyurar yo`lovchi poezdi “Ulus-Gumbaz” temir yo`l bekatlari oralig`ida harakatlanayotgan vaqtida temir yo`l iziga tosh qo`yilganligi aniqlangan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi ma`lum qildi.
Surishtiruv ishlariga ko`ra, temir yo`l iziga tosh bo`laklarini Nurobod tumani, “Oltinsoy” MFYda yashovchi 6-sinf o`quvchisi S.J. qo`yganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
" -- Shu o`rinda eslatib o`tish joizki, bunday qiziqishning oqibati ayanchli yakun topishi mumkin. Masalan, poezd relsdan chiqib ketishi, insonlarning hayoti xavf ostida qolishi, shuningdek, texnogen yoki ekologik falokat yuz berishi mumkin. Bu kabi harakatlar yo`lovchilar va yuklarni tashishda poezdlar harakati xavfsizligiga bevosita tahdid soladi va harakat jadvalining buzilishiga olib keladi. O`zingiz va o`zgalarning hayotiga befarq bo`lmang," deyiladi xabarda.






