AsosiyJamiyat

Surxondaryoda bankdan kredit chiqartirib berish evaziga 15 000 AQSh dollari talab qilindi

'Surxondaryoda bankdan kredit chiqartirib berish evaziga 15 000 AQSh dollari talab qilindi'ning rasmi

Surxondaryoda fuqaro M.M. va boshqalar “Z.A.” MChJ rahbari R.ga yog` ishlab chiqarish zavodini qurishi uchun bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali 2,8 mlrd so`m kredit chiqartirib berish evaziga 15 000 AQSh dollari talab qilishdi. Bu haqda Bosh prokuratura ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, M.M. va boshqalar korxonatrahbaridan 15 ming AQSh dollarini olishgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanishgan. 

Mazkur holat yuzasidan M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda

    Boshqa yangiliklar