2016 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida ishlab kelgan To`ychiev Laziz Nodirovich O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo`yicha maslahatchisining birinchi o`rinbosari vazifasiga tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bergan. «Tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz To`ychiev bundan avval Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori va O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari kabi mas`ul lavozimlarda mehnat qilgan», – deyiladi vazirlik xabarida. To`ychiev 2020 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan. |
04.11.2020 04:27
Toshkent tibbiyot akademiyasi sobiq rektori Prezident maslahatchisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi






