O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg`ona filiali tashkil etildi. Bu haqda Edu.uz kanali xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 noyabrdagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to`g`risida» PQ-4877-son qaroriga muvofiq O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg`ona filiali tashkil etildi.
Filialning faoliyati 2021/2022 o`quv yilidan boshlab tashkil etiladi.
Respublikadagi jami oliy ta`lim muassasalari soni 127 taga etdi.






