Har bir davrda oilaning asosiy vazifasi, farzandlarning dunyoga kelishi va ularning tarbiyasi, o`zligini anglab etishi va shakllanishi bo`lib hisoblangan. Ammo bugungi kunda bu mas`uliyatni anglamay, farzandini o`ylamay ajrashib ketayotgan oilalar ham bor, afsuski. O`z farzandlariga aliment to`lashdan bo`yin tovlaydigan otalar esa alohida bir mavzu.
Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, byuroning Guliston shahar bo`limi ish yurituvida ayni paytda, aliment undirish bilan bog`liq 1735 ta ijro hujjatlari mavjud.
Byuro xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarni undirish bilan bir qatorda bevosita o`z vazifasiga kirmasa ham, kelajagimiz egalarining taqdiriga befarq bo`lmagan holda ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko`maklashmoqda.
Joriy yilning o`tgan 10 oyi mobaynida Byuroning Guliston shahar bo`limi tomonidan 142 ta oilani huquqiy tushuntirishlar orqali yarashtirishga erishilgani misolida ham ko`rish mumkin. Ularning 20 nafari aynan oktyabr oyida yarashtirilgan.






